Пятница, 27.06.2025, 12:48Вы вошли как Гость | Группа "Гости"

 Kino Music News Uz

Фотоальбомы

Главная » Фотоальбом » Супер фотографии » Ozodbek Nazarbekov bilan yangi ijodiy uchrashuv.
2014-yil 6-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida O’zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tadbirda shoir Ahad Qayum, Shukur Qurbon hamda Ozodbek Nazarbekovning sozandalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida san’atkorning san'atda erishgan yutuqlari haqidagi ma'lumotlar bilan, ijodiy faoliyatidagi rejalari bilan o’rtoqlashdi. Ozodbek Nazarbekovga O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida nashr etilgan Ozodbek Nazarbekov qo’shiqlari jamlangan kitob sovg’a qilindi. Yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga jonli ijroda qo'shiq tinglashga muyassar bo'ldilar.

Ma’lumot uchun: Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan. 1994 yildan qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. 2003 yildan boshlab 10 dan ortiq konsert dasturlari O’zbekiston Respublikasini hamda AQSh va Rossiya davlatlariga gastrol safarlarini qamrab olgan.

Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg’ur nomidagi san`at oliygohining talabasi bo’ldi. 2007 yil Oliy mukofotlardan biri "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist" unvoni bilan taqdirlandi. 2010 yilda elu yurtning yuksak mukofoti "O’zbekiston Xalq artisti” , 2012 yili esa “Qoraqalpog’iston Xalq artisti” unvoniga sazovor bo’ldi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Ozodbek Nazarbekov ijodiga xos. Muhabbat haqidagi qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etadi.

MA'LUMOTLAR: OZODBEK.Uz saytidan.

EXCLUSIVE FOTO !
Просмотров: 532 | Размеры: 1222x652px/215.2Kb
Дата: 10.05.2014 | Теги: EXCLUSIVE FOTO ! | Добавил: KinoMusicNewsUz
Просмотреть фотографию в реальном размере
Рейтинг: 0.0/0


Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

 Вход в сайт
Категории раздела
Супер фотографии [852]
ДРУЖБА это - Кино,Музыка и Культура! [134]
КИНО КАДР ! [1]
KINO MUSIC NEWS UZ - STAR'S SENSATION FOTO'S and WALLPAPERS ! [0]
Супер фотографии №2 [2912]
Поиск
Друзья Сайта
  • Yoshlar ittifoqi.Uz
  • Dsmi.Uz
  • OKVL.Uz
  • Film.zn.Uz
  • Ozodbek.Uz
  • KINO MUSIQA va MADANIYAT
        YANGILIKLAR SAYTI
  • Davr-S.Uz
  • Notiq.Uz
  • MyTashkent.Uz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • Инструкции для uCoz
  • FAQ по системе
  • Статистика сайта

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0