Суббота, 21.06.2025, 23:39Вы вошли как Гость | Группа "Гости"

 Kino Music News Uz

Фотоальбомы

Главная » Фотоальбом » Супер фотографии » Shuhrat Abbosov tavalludining 86 yilligidan rasm.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek rejissyori Sh.Abbosov bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
2017 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, professor, o‘zbek rejissyori Shuhrat Abbosov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Shuhrat Abbos shuhrati” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’atshunoslar, rejissyorning hamkasblari, shogirdlari, uning san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tadbir qatnashchilarini qutladi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni haqida gapirdi va ishtirokchilar e’tiborini rejissyorning ijodiy faoliyatiga qaratdi. “Taniqli kinorejissyor, ssenarist, teatr rejissyori va teatr pedagogi Shuhrat Abbosov 1954 yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining rejissyorlik fakultetini tamomlab, «Mosfilm» kinostudiyasi qoshidagi Oliy rejissyorlik kursida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini u M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent viloyat Yangiyo‘l musiqali drama teatrida bosh rejissyor sifatida o‘z faoliyatini boshlab, keyinchalik «O‘zbekfilm» kinostudiyasida postanovkachi rejissyor va kinostudiya direktori, Kinematografiya uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Sh.Abbosov ko‘p yillar M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san’at institutida kafedra mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. Sh.Abbosov o‘zining sermazmun va serqirra ijodi, o‘zbek kino madaniyati rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi va umuminsoniy qadriyatlarning keng targ‘iboti uchun xalqaro sovrinlar, davlat mukofotlari va «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan”.

Tadbir avvalida Shuhrat Abbosovning ijodiy yo‘li, pedagogik va rejissyorlik mahorati, shuningdek u tomonidan suratga olingan filmlar haqida hikoya qiluvchi “Shuhrat Abbosov” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zining Sh.Abbosov bilan ilk tanishuvlari, hamkorlikdagi ijodiy ishlari, uning kasbiy va insoniy fazilattlari haqida hikoya qildilar.
O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo agentligi raisi V.Shulika rejissyor bilan ko‘p yillik do‘stligi va sherikchilik munosabatlari haqida gapirar ekan, quyidagilarni qo‘shib o‘tdi: “Shuhrat Abbosov rus xalqining buyuk do‘sti va O‘zbek xalqining fidoiy o‘g‘lonidir”. O‘zbekiston xalq artisti P.Saidqosimov “Muhabbat mojarolari”, “Olovli yo‘llar” filmlarini suratga olish jarayonida bo‘lib o‘tgan esda qolarli voqealar bilan o‘trovqlashdi. “Har bir artist Shuhrat Abbosov bosib o‘tgan yo‘lni bosib o‘tishni orzu qiladi. Hali talabalik davridayoq u professional darajada rollar ijro etgan. Teart rejissyori sifatida u «Yurak sirlari», «Nurxon», «Maysaraning ishi», «Og‘riq tishlar» va boshqa spektakllarini sahnalashtirdi. U, erishgan shuhratiga qaramay o‘ta mehnatkash, kamtar va sodda insondir”.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi J.Mahmudov Sh.Abbosovning taniqli kinematografiya arbobi bo‘lib yetishishiga ta’sir ko‘rsatgan muhit haqida gapirdi. “Shuhrat aka ertangi kun bilan yashaydi. U hali film suratga olinayotgan paytdayoq uning qanday tugashini tasavvur etish qobiliyatiga ega inson”. “Jahon adabiyoti” jurali bosh muharriri Sh.Rizaev “Shuhrat Abbosov suratga olgan filmlarning ko‘pchiligi o‘zbek kino san’atining oltin xazinasidan munosib o‘rin oldi, milliy kino san’atimizni jahonga tanitdi. Uning filmlari, film qahramonllari ko‘plab yoshlarga ibrat maktabi, filmlaridagi luqmalar esa muomalamizga kirib borgan. Uning filmlari shafqatsiz realizm janrida suratga olingandir”. San’atshunos D.Rahmatullaeva filmlarida o‘z aksini topgan Sh.Abbosovning vatanparvarlik fazilatlarini e’tirof etdi. “U “Mahallada duv-duv gap, “Sen yetim emassan”, “Qalbingda quyosh”, “Toshkent-non shahri”, “Muhabbat mojarosi”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Olovli yo‘llar”, “Otamdan qolgan dalalar” filmlari orqali mashhur. Bu filmlar xalqaro kinofestivallarda yuksak baholanib, katta mukofotlarga sazovor bo‘ldi”. O‘zbekiston xalq artisti T.Tojiev hamkasbining professional iqtidori haqida gapirib: “Shuhrat Abbosov – ulkan g‘oyalarga, ajoyib va kutilmagan fikrlarga boy odam. Ayniqsa u suratga olayotgan bolalarga o‘ziga xos muomala bilan yondashadi”.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston xalq artisti, professor, o‘zbek rejissyori Shuhrat Abbosov ijodiy kecha ishtirokchilariga tashrif buyurganlari va uning ijodiga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi va Volterning “Alvido” she’rini o‘qib berdi.
Tadbir ishtirokchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar va o‘z taassurotlarini izhor etdilar.

MA'LUMOTLAR:O‘zbekiston xalq artisti, san'at arbobi, o‘zbek rejissyori Sh.Abbosovdan.

EXCLUSIVE FOTO !
Просмотров: 426 | Размеры: 467x460px/110.6Kb
Дата: 22.01.2017 | Теги: EXCLUSIVE FOTO ! | Добавил: KinoMusicNewsUz
Рейтинг: 0.0/0


Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

 Вход в сайт
Категории раздела
Супер фотографии [852]
ДРУЖБА это - Кино,Музыка и Культура! [134]
КИНО КАДР ! [1]
KINO MUSIC NEWS UZ - STAR'S SENSATION FOTO'S and WALLPAPERS ! [0]
Супер фотографии №2 [2912]
Поиск
Друзья Сайта
  • Yoshlar ittifoqi.Uz
  • Dsmi.Uz
  • OKVL.Uz
  • Film.zn.Uz
  • Ozodbek.Uz
  • KINO MUSIQA va MADANIYAT
        YANGILIKLAR SAYTI
  • Davr-S.Uz
  • Notiq.Uz
  • MyTashkent.Uz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • Инструкции для uCoz
  • FAQ по системе
  • Статистика сайта

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0