Пятница, 01.08.2025, 19:15Вы вошли как Гость | Группа "Гости"

 Kino Music News Uz

Фотоальбомы

Главная » Фотоальбом » Супер фотографии №2 » MADANIYAT-TEATR: Xalqaro teatr kunidan foto lavha.
MAVZU MADANIYAT-TEATR: Xalqaro teatr kuni keng nishonlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan O‘zbek Milliy akademik drama teatrida 2015-yil 27 mart – "Xalqaro teatr kuni" munosabati bilan teatrlashtirilgan badiiy kecha o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda milliy madaniyat va san’atimizning atoqli darg‘alari, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lib kelayotgan teatr aktyorlari, san’atshunos olimlar,iqtidorli san’atsevar yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbirda san’atshunoslik fanlari doktori Dilfuza Rahmatullaeva, "O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi,O‘zbekiston Yoshlari teatri badiiy rahbari Nabi Abdurahmonov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda teatr san’ati yanada sayqallashib, sohada ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani, teatrlarimizni ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini yangilash va jihozlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani to‘g‘risida fikr bildirdilar.

Darhaqiqat, bu kabi yuksak e’tibor va amalga oshirilgan sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi o‘ttiz ettita teatr, ko‘plab teatr studiyalarida ajoyib san’at asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda. Barcha teatrlarda bugungi farovon hayotimizni tarannum etuvchi, zamonamiz qahramonlari qiyofasini ochib beruvchi hayotiy asarlar yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Tantanali tadbirda Madaniyat va sport ishlari vaziri v.v.b. Baxodir Axmedov san’at ahlini bayram bilan muborakbod etib, "Keksalarni e’zozlash yili" munosabati bilan uzoq yillar davomida teatr san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan, yaratgan betakror obrazlari bilan xalqimiz ko‘nglidan munosib joy egallagan bir guruh san’atkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Faxriy Yorlig‘i va esdalik sovg‘alarini topshirildi.

Bugungi go‘zal tadbir uchun juda minnatdormiz. Umri sahnada o‘tgan teatr faxriylarini bir joyga jamlab, bayram bilan qutlash, qolaversa sovg‘alar ulashish ko‘nglimizni tog‘dek o‘stirdi. Bunday e’tibor va
hurmat uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligiga minnatdorchilik bildiramiz - dedilar O‘zbekiston Xalq artistlari va "O‘zbek teatr” ijodkorlaridan. Teatrlashtirilgan badiiy kechadan keyin teatr fidoyilari, san’atkorlar bayram dasturxoniga taklif etildilar.

Ma'lumotlar: O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligining sayti,ijodkorlar va san’at va madaniyatdagi ijodkor keksalardan.

EXCLUSIVE FOTO !
Просмотров: 252 | Размеры: 800x577px/95.0Kb
Дата: 28.03.2015 | Теги: EXCLUSIVE FOTO ! | Добавил: KinoMusicNewsUz
Просмотреть фотографию в реальном размере
Рейтинг: 0.0/0


Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

 Вход в сайт
Категории раздела
Супер фотографии [852]
ДРУЖБА это - Кино,Музыка и Культура! [134]
КИНО КАДР ! [1]
KINO MUSIC NEWS UZ - STAR'S SENSATION FOTO'S and WALLPAPERS ! [0]
Супер фотографии №2 [2912]
Поиск
Друзья Сайта
  • Yoshlar ittifoqi.Uz
  • Dsmi.Uz
  • OKVL.Uz
  • Film.zn.Uz
  • Ozodbek.Uz
  • KINO MUSIQA va MADANIYAT
        YANGILIKLAR SAYTI
  • Davr-S.Uz
  • Notiq.Uz
  • MyTashkent.Uz
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • Инструкции для uCoz
  • FAQ по системе
  • Статистика сайта

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0