YAGONASAN,MUQADDAS VATANIM,SEVGI VA SADOQATIM SENGA BAXSHIDA GО‘ZAL О‘ZBEKISTONIM !
2014-Yil 2-Sentyabr soat:18.00da О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, gо‘zal О‘zbekistonim” shiori ostida о‘tkazilayotgan ushbu tadbir bor bо‘yi bilan yuqorida ta’kidlangan fikrlarni о‘zida mujassam etadi. Respublikaning barcha hududlarida bо‘lgani kabi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham Istiqlolning 23 yilligini tantanali nishonlash vatandoshlarimiz, yoshlarimiz qalbida shunday ulug‘ yurtda yashash naqadar baxt, betakror saodat ekanini yana bir bor tuyush imkoniyatini beradi.
Bayram tantanalari bevosita yangi 2014-2015 о‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir orqali ochilib, unda asosan institut talabalari, talabalikka yangi olingan yosh о‘g‘il-qizlar,professor-о‘qituvchilar va mehmonlar qatnashishdilar.
Milliy kuy-qо‘shiqlar, zamonaviy estrada navolaridan tashkil topgan bayram dasturini О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining rektori - B.S.Sayfullayev ochib berdilar. Barchani eng ulug‘, eng qutlug‘ bayram bilan tabrikladi. Shundan sо‘ng bayram shodiyonalari dastur bо‘yicha davom etib,G‘iyos Boytoyev va bir qator taniqli san’atkorlar hamda yetishib chiqayotgan yosh xonandalarimiz о‘z ijod namunalari bilan barchani xushnud etishdi. Shuningdek, о‘zlarining betakror chiqishlari bilan yig‘ilganlarda kо‘tarinki kayfiyat uyg‘otgan “Sevinch”, “Kapriz” kabi bolalar guruhlarining samimiy ijrolari ham diqqatga sazovor. Ayniqsa, Sherali Bekmurodov-Vatan haqidagi qо‘shiqg'i yana bir bor barchada milliy g‘urur-iftixor tuyg‘ularini oshirdi.
Ma'lumotlar: О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutidan.